Kovid O‘zbekistonga qaytyaptimi?
23-iyun kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus omikron-shtammining eng yuqumli deb aytilayotgan Stealth-Omicron BA.2 varianti aniqlangani haqida bayonot berdi. Bayonot aholi o‘rtasida koronavirusga chalingan bemorlar soni yana ko‘payishni boshlagani manzarasida yangradi. SSV mulozimlari bu ko‘payishni “sezilarli bo‘lmagan ko‘payish” deya baholamoqda. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda poliklinikalarda shifokorga navbatlar ko‘paygani, ayniqsa yosh bolalarning bu kasallikka ko‘p chalinayotgani haqida yozilyapti. Читать дальше...