Mirziyoyev "erk bergan" fermerlar yana shartnomadan ortiq g‘alla topshirishga majburlanmoqda
Shu kunlarda O‘zbekistonda g‘alla o‘rimi avjida. Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan g‘allasini erkin sotish imkoni bo‘lgan fermerlar yana shartnomadan 5-10 foiz ortiq g‘alla topshirishga majburlanyapti. Bu haqda Ozodlikka turli viloyatlardan kelayotgan shikoyatlarga ko‘ra, klaster va mahalliy hokimlar fermerlardan zaxira va birjaga shartnomadan ortiqcha bug‘doy topshirishni talab qilmoqda. Topshiriqni bajarmagan fermerlarning g‘allasi o‘rib berilmay, joyida qolib ketayotgani aytiladi. Читать дальше...