Qirg‘iziston -Tojikiston chegarasida yana otishma. Yaralanganlar borligi aytildi
Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi yana bir otishma 3 iyun kuni mahalliy vaqt bilan 14:15 (Toshkent vaqti bilan 13:15) da to‘xtatilgani to‘g‘risida qirg‘iz chegara xizmati ma’lum qildi. Qirg‘iz tomonining bildirishicha, har ikki tomondan yaralanganlar borligi to‘g‘risida xabarlar kelgan. Biroq hozircha ularning aniq soni aytilmadi. Tojikiston hukumati bu voqea yuzasidan hanuzgacha sukut saqlamoqda. Qirg‘iziston Chegara xizmatining bildirishicha, 3-iyun kuni Tojikiston bilan chegaradosh hududda yana otishma boshlandi. Читать дальше...