Qashqadaryoda o‘z hisobidan majburiy ta’tilga chiqarilgan ishchilar norozilik bildirdi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neft gaz quduqlarini sinash tashkilotining o‘nlab ishchisi o‘z hisobidan ta’tilga chiqishga majburlanganini aytib, mamlakat prezidentiga video murojaat yo‘lladi. Tashkilot xodimlarining Ozodlikka aytishicha, ulardan mehnat qonunchiligiga zid ravishda o‘z hisoblaridan ta’tilga chiqishlari borasida ariza yozdirib olingan. Korxona rahbariyati xodimlarga oylik to‘lashga puli yo‘qligidan shunday qilishdan boshqa chorasi qolmagani, lekin xodimlar ariza yozishga majburlanmaganini aytmoqda. Читать дальше...