Загрузка...

Fransiya va Makron: IIV "radikal va islomga yot g‘oyalar"ni tarqatishdan ogohlantirdi

1
Fransiya va Makron: IIV

29 - oktabr kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hamda blogerlarni radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatishga jazo borligidan ogohlantirdi.

Rasmiy ogohlantirish ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida Fransiya va uning prezidentiga qarshi g‘azab va boykot kampaniyasini qo‘llab-quvvatlovchi chiqishlar manzarasida yangramoqda.

16 - oktabr kuni Fransiyada sodir etilgan terrorchilik hujumi ortidan prezident Makron so‘z va ifoda erkinligini himoya qilishi va siyosiy islomga qarshi kurashini ikki  hissa kuchaytirishi haqida bayonot qilgan edi.

Buning ortidan Yaqin Sharq va boshqa musulmon davlatlarda Fransiya mahsulotlariga boykot kampaniyasi boshlanib ketdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim o‘zbekistonliklar bu kampaniyaning lideriga aylangan Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Fransiya va prezident Makronga qarshi chiqishlarini qo‘llab-quvvatladi.

Mahalliy tahlilchilar o‘zbek segmentida, IIV bayonotida tilga olingan radikal kayfiyatlarni  tarqatayotganlar aynan Turkiyaning joriy rahbaridan ilhomlanganiga ishonishadi.

Bunday mazmundagi post mualliflariga qarata  “Makronga sochayotgan g‘azabingizni O‘zbekistonda xalqni xo‘rlayotgan hokimlarga soching”,  deya taklif bergan iqtisodchi olim G‘olibbek Xolnazarov YouTube dagi chiqishi ortidan o‘lim tahdidlari ostida qolganini bildirdi.

Ozodlik bilan suhbatda Xolnazarov  O‘zbekiston hukumatini Fransiyada aslida nimalar bo‘layotgani haqida jiddiy ma’lumot va tahlil bermaslik orqali “johillikni kuchaytirayotganlik”da aybladi.

IIV  bayonoti

29 - oktabr kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbekistonliklar tomonidan yoyinlanayotgan radikal chaqiriqlarga birinchi marta munosabat bildirdi.

Telegram kanalida tarqatilgan rasmiy bayonotda IIV o‘zbekistonliklarni “turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish” uchun jinoiy javobgarlik borligidan ogohlantirdi.

IIV bunday harakat uchun Jinoyat kodeksining 156-modda (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish), 244 prim 3-modda (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) sida jazo belgilanganini eslatdi.

156-moddaga ko‘ra:

Milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy sha’n-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, diniy e’tiqodiga yoki daxriyligiga qarab, fuqarolarning his-tuyg‘ularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar, shuningdek, milliy, irqiy, etnik mansubligi yoki dinga munosabatiga qarab, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash yoxud ularga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

244 prim 3-moddaga muvofiq:

Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

“Islom diniga yot bo‘lgan g‘oyalar” aniqlamasi

Rasmiy bayonot ortidan Ozodlik IIV Matbuot xizmati bilan bog‘lanib¸ “islom diniga yot bo‘lgan g‘oyalar” tushunchasiga aniqlik kiritishni so‘radi.

Vazirlik mulozimi Jinoyat Kodeksining bayonotda keltirilgan moddalarida bu g‘oyalarga aniqlik kiritilganini bildirdi.

“So‘z erkinligi¸ demokratiya va dunyoviylik”ni kimdir “islom diniga yot bo‘lgan g‘oyalar” deb talqin qilishga urinsa¸ bu xato bo‘ladi. Bu g‘oyalar O‘zbekistonda qonunchilik bilan himoyalangan”¸ dedi IIV mulozimi.

Ichki ishlar vazirligining Ozodlik gaplashgan boshqa mulozimi O‘zbekiston hukumati islomni “tinchlik va o‘zaro toqatlilik” g‘oyalariga qurilgan din deb bilishi va “islom diniga yot bo‘lgan g‘oyalar” deganda terrorchilik¸ boshqa din vakillari yoki biror dinga mansub bo‘lmaganlarga nisbatan agressiyani nazarda tutishini bildirdi.

Blogerlarga alohida ogohlantiruv

29 - oktabr kungi bayonotida IIV jurnalist va blogerlarga maxsus murojaat qildi.

Vazirlik ulardan “omma e’tiboriga havola qilinayotgan ma’lumotlarni avvalo qonunga xilof emasligini o‘rganib chiqish”ni so‘radi.

Fransiyadagi hujum va prezident Makronning bayonotlari ortidan Feysbuk va Instagramda o‘n minglab folloverlari bor ayrim o‘zbek blogerlari IIV diniy va irqiy adovat qo‘zg‘ashiga ishora qilayotgan mazmundagi postlarni joyladi.

Bu kabi postlar va ularning ostidagi sharhlarni kuzatgan qator tahlilchi va blogerlar  tarmoqlarning o‘zbek segmentidagi radikal kayfiyat va chaqiriqlardan jiddiy tashvish izhor qilingan maqolalarni e’lon qilishdi.

Jumladan, bloger va tadbirkor Firuz Allayev o‘zining Telegram kanalida Fransiya rahbari islom emas, balki "islamizm"  haqida gapirganini aytib, din va siyosiy g‘oyani bir-biridan ajratishga chaqirdi.

Ozodlik gaplashgan IIV mulozimlari¸ vazirlik tarmoqlardagi chiqishlarni yaqindan kuzatayotgani va qaysi bloger va sharh qoldirganlarga qanday chora ko‘rilgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirdi.

O‘lim tahdidi ostida qolgan olim

Iqtisodchi olim G‘olibbek Xolnazarov o‘z mamlakatidagi jiddiy muammolar qolib¸ aksil-Fransiya va aksil-Makron kayfiyatlariga qo‘shilgan o‘zbekistonliklarga o‘ziga xos taklif bilan chiqdi.

 

Olim ularni shuncha kuch va shijoatni mahalliy muammolar yechimi¸ xususan¸ aksariyati o‘zini musulmon deb biladigan o‘zbekistonliklar haqlarini toptayotgan mahalliy hokimlarga norozilik bildirishga sarflashga chaqirdi.

Youtube va boshqa portallarda tarqagan bu murojaati ortidan Xolnazarov o‘lim tahdidi ostida qoldi.

"Men o‘zbek jamiyatini juda yaxshi bilaman. Bular uzoqdagi jazavaga qo‘shilib¸ baqir-chaqir qilishga usta¸ ammo burnining tagida bo‘layotgan jinoyatlarga ko‘z yumib¸ lom-mim demay o‘tiraveradi. Tarmoqda men va boshqa fikrlovchi qatlamga har xil niklar bilan tahdid qilayotganlar real hayotda o‘zi va boshqalar huquqini toptayotgan amaldorning qo‘lini o‘padi"¸ - deydi Xolnazarov.

O‘zbekistondagi ma’rifatli qatlamni diniy radikallardan qo‘rqib jim turganlik uchun tanqid qilgan iqtisodchi olim¸ radikal kayfiyatlarning kuchayishida joriy hukumatni aybladi. 

"Fransiyadagi masjidlarning asosiy qismini Fors ko‘rfazidan yuborilgan salafiy imomlar¸ qolganini esa¸ Erdo‘g‘on Turkiyasidan borgan imomlar boshqarib kelgan. Makron siyosiy islom¸ radikalizm va terrorchilik kuchayganidan keyin bu narsani to‘xtatdi – bundan so‘ng Fransiyadagi masjidlarni Fransiyada o‘qiganlar boshqaradi¸ dedi. Bu Erdo‘g‘on uchun Fransiyadagi siyosiy richagdan ajrash , degani. U shunga jazavaga tushyapti. Agar bizning hukumat jahonda bo‘layotgan voqealar haqida aniq ma’lumot berilishini istasa¸ mahalliy telakanallar orqali ma’rifat tarqatishi kerak. Makron islomni haqorat qilmagani¸ islom nomidan o‘z mamlakatidagi dunyoviy qadriyatlarga urush boshlagan radikallarga qarshi qonuniy kurash boshlaganini tushuntirishi kerak",  - dedi Xolnazarov.

 29 - oktabr kuni mamlakat janubida bir necha yangi hujumlar sodir etildi. Fransiya rasmiylariga ko‘ra,  hujumlar terrorchilik harakati deya ko‘rilmoqda. 

Nitssa shahridagi qadimiy cherkov ibodatchilariga qilingan hujum oqibatida kamida uch odam halok bo‘ldi. Xabar qilinishicha, hujumchi "Ollohu akbar" deb qichqirgan.

Oradan ikki soat o‘tib, Fransiya janubi sharqidagi Avinyonda  yuz bergan hujumda  politsiyachilarni pichoq bilan nishonga olgan erkak otib o‘ldirilgan. 

Prezident Makron Fransiya yana bir marta "islomchilar hujumi"ga uchraganini aytdi.

Hujum ortidan Fransiyadagi xavfsizlik kuchlari favqulodda safarbarlik holatiga keltirildi.

Читайте на 123ru.net


Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России



Слот 8 2





Загрузка...

Слот 11
Загрузка...




123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. Отели в Москве — здесь. Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.