Загрузка...

Tramp maslahatchisi: Jahon demokratik va avtoritar davlatlarga bo‘linmoqda

6
Tramp maslahatchisi: Jahon demokratik va avtoritar davlatlarga bo‘linmoqda

AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O’Brayen tobora ko‘proq davlatlar Xitoy soladigan tahdidni anglab yetarkan, jahon bir tomonda demokratik, boshqa tomonda esa avtoritar davlatlarni qo‘llovchi mamlakatlarga bo‘linayotganini ta’kidladi.

«Menimcha, jahon demokratik hamda dunyoga boshqacha yondashuvchi avtoritar davlatlarga bo‘lina boshlaydi», - deb aytdi O’Brayen 28 oktabr kuni Vashingtondagi Hudson Institute tahlil markaziga bergan intervyusida.

2019 - yilda Jon Bolton o‘rniga milliy maslahatchi etib tayinlangan  O’Brayenning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyat sovuq urush yillaridagi vaziyatdan farq qiladi, chunki sovuq urush davrida ayrim mamlakatlar na AQShni, na Sovet Ittifoqini qo‘llagan.

O’Brayen Rossiya, Eron va Xitoyni avtoritar davlatlar qatorida tilga oldi va boshqa davlatlar «ularga o‘xshab borayotganini» ta’kidladi. Prezident maslahatchisi ayrim avtoritar davlatlar bir partiya yoki bir yetakchi boshqaradigan «chala» demokratiya ekanligini ta’kidladi.

Xususan, O’Brayen Rossiya, Belarus va Markaziy Osiyo davlatlarida saylovlar kabi demokratiya elementlari borligi, ammo hukmron elita g‘alabasini ta’minlash uchun saylovlar natijalari muntazam ravishda soxtalashtirilishini aytdi. «O‘ylaymanki, Braziliya, Hindiston, AQSh va boshqa mamlakatlar yetakchiligidagi demokratiyalar bir guruh bo‘ladi, avtoritar mamlakatlar esa boshqa guruh bo‘ladi», - dedi maslahatchi.

O’Brayen Xitoy o‘z aholisini nazorat qilish va boshqa mamlakatlarda josuslik qilish uchun foydalanayotgan texnologiyalarni tilga olib, Pekin global miqyosda solayotgan tahdid haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar dunyo mamlakatlari o‘z tarmoqlarida Xitoyda ishlab chiqarilgan 5G texnologiyasidan foydalanadigan bo‘lsa, Pekin jahon bo‘ylab odamlar shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritadi va natijada «o‘z xalqini nazorat qilgandek, boshqalarni ham nazorat qila boshlaydi».

O’Brayen Tramp ma’muriyati hamkor mamlakatlarni Xitoyning 5G texnologiyasini xarid qilmaslikka undayotganini va bu borada allaqachon muayyan yutuqlarga erishganini aytdi. O’Brayenning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Xitoy asta-sekinlik bilan iqtisodiy va siyosiy jihatdan erkinlashmasligini  anglab yetgan ilk yetakchidir.

Aslida  AQSh siyosati bir necha o‘n yildan beri Xitoy haqida shunday fikrlab keladi. «Xitoy tobora millatchi, manfaatparast  va avtoritar davlatga aylanayotganiga hammamiz guvohmiz», - dedi O’Brayen.

Tramp 2017 - yilda prezidentlik kursisiga o‘tirganidan keyin Xitoyni savdo bitimlarini suiiste’mol qilishda ayblab, Xitoydan keladigan ko‘plab mahsulotlarga tariflar joriy qildi. Shu yil yanvarida Tramp ma’muriyati va Xitoy Pekinni keyingi ikki yil davomida 200 milliard dollar qiymatga ega qo‘shimcha AQSh mollarini xarid qilishga majburlovchi kelishuvning ilk bosqichini imzoladi.

«Xitoyga qarshi qat’iy turish bilangina Qo‘shma Shtatlar savdo sohasida real yutuqlarga erishdi», - dedi Tramp maslahatchisi.

Читайте на 123ru.net


Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России



Слот 8 1 AliExpress RU&CIS





Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа



Слот 11
Загрузка...





123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. Отели в Москве — здесь. Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.