“Andijon amiri”. Hokimning kelishiga savdogarlarning bir qismi bozordan quvildi
Andijon viloyatining Asaka tumanida viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov kelishiga dehqon bozori oldidan yoymachi savdogarlar quvib solingan. Guvohlarga ko‘ra, qarshilik qilganlarni ichki ishlar xodimlari mashinaga bosib olib ketgan. Non sotuvchi ayolning Ozodlikka aytishicha, bozor yonida qurilgan “Globus” ko‘ngilochar savdo markazi ochilishiga 4-may kuni “viloyat hokimi keladi”, degan vaj bilan bozor ma’muriyati bir kun oldin hamma savdogarlarni bozor hududini tark etishi lozimligi haqida ogohlantirgan. Читать дальше...