MXX tuhmat ayblov bilan qamagan tadbirkorni sud to‘la oqladi, ammo u tortib olingan mulkini ololmayapti
Toshkent shahridagi “Express Proyekt Dizayn” loyihalash xususiy korxonasining direktori 52 yashar Baxtiyor Xanazarovning OzodMikrofonga arz qilishicha, u tuhmat ayblov bilan qamalgan, so‘ngra Oliy sud uni to‘la oqlagan bo‘lsa ham undan 2012 - yilda tortib olingan “Sport sog‘lomlashtirish majmuasini”ni qaytarib ololmayapti. Baxtiyor Xanazarov Toshkentda “Express Proyekt Dizayn” MChJga asos solgan. Toshkent shahridagi bir qancha qurilishlar ana shu korxona arxitektorlari tayyorlab bergan loyiha asosida qurilgan. Читать дальше...